Ko'p beriladigan savollarga javoblar

Respublika bo‘yicha joriy yilning I yarim yilligi davomida 11 214 ta holatda 2 005,8 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan. Jumladan, uy-joy qurishda 6 305 ta (556 gektar), noturar joy qurishda 2 934 ta (230,6 gektar), tomorqa sifatida foydalanishda 1 263 ta (478,8 gektar), baliq hovuzlari qurishda 47 ta (263,3 gektar), tuproq karer qilishda 126 ta (12,5 gektar) va boshqa maqsadlarda 539 ta (464,5 gektar) yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olingan. Noqonuniy holatlarni bartaraf etish bo‘yicha 6 812 ta (1 160,7 gektar) holatda tuman (shahar) hokimliklariga taqdimnomalar yuborilgan bo‘lib, shundan hokimliklar tomonidan 1 446 ta (180 gektar) sudlarga da’vo arizalari kiritilgan (shundan 168 ta (15,4 gektar) noqonuniy qurilishlarni buzish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilingan, 794 ta (121,6 gektar) sud jarayonida ko‘rib chiqilmoqda).

O’zboshimchalik bilan egallangan yerlar asosan Namanganda 1800 ta, Toshkentda 1 464 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 874 ta, Samarqandda 930 ta, Buxoroda 638 ta, Sirdaryoda 625 ta, Xorazmda 726 ta va Toshkent shahrida 1 661 tani tashkil etadi.

Yerlarni ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari Davlat kadastri palatasining tuman (shahar) filiallari ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tomonidan jimoniy va yuridik shaxslarning arizasiga (Davlat xizmatlari agentligi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali) muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 dekabrdagi 1060-sonli qarori talablari asosida amalga oshiriladi.

O’zbekiston Respublikasi “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasida Ko‘chmas mulk hisoblangan kadastr ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kadastr ob’ektlarining barcha mulkdorlari va kadastr ob’ektlariga doir boshqa huquqlarning egalari uchun majburiylishi belgilangan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 sentyabrdagi PF-6061-son Farmoniga muvofiq yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishini nazarda tutuvchi qarorlar, auksion va tanlov bayonnomalari, notarial tasdiqlangan bitimlar hamda boshqa hujjatlar O’zbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin kuchga kirishi belgilangan. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish majburiy hisoblanadi. Hozirgi kunda qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilarni elektron dastur orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda birinchi navbatda amaldagi tartibga ko‘ra ularga ogohlantirish xatlari yuborilib, ularning murojaatlariga asosan Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 dekabrdagi 1060-sonli qarori talablari asosida amalga oshirib kelinmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 iyuldagi 186-son qaroriga asosan qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish ishlari bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari etib belgilangan. O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 681-moddasiga asosan yer uchastkasi yoki ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish majburiy hisoblanadi.

Jahon banki bilan hamkorlikda “Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” ishlab chiqilib, dastur orqali qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilarni elektron dastur orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.

Elektron xizmatlar

Davlat Reestridan turli ko'rinishlardagi rasmiy ma'lumotnomalar berish

Uy-joy bor/yo'qligi to'g'risida ma'lumotnoma


Jismoniy shaxslarga nomida uy-joy bor/yo'qligi to'g'risida ma'lumotnoma berish


Ta'qiq bor/yo'qligi to'g'risida ma'lumot berish


Ko'chmas mulkka nisbatan ta'qiq bor/yo'qligi to'g'risida ma'lumotnoma olish


Kadastr qiymati to'g'risida ma'lumot berish


Davlat Reestridagi har qanday ko'chmas mulk ob'ektning kadastr qiymatini bilish