Yetim bolalar kadastr xizmatlari uchun davlat bojidan ozod etilgan.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ularga davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olib berilgan uy-joylarni mulkka egalik qilish huquqi asosida o‘z nomiga rasmiylashtirishda notarius va kadastr xizmatlari uchun (oldi-sotdi shartnomasi va ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish) davlat boji to‘lashdan ozod etilgan. 

Bu norma O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi "Ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi qaroriga ko‘ra belgilangan. 

18.10.2023

Tizim «Geoinfocom» davlat muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan
Toshkent, 100097, Chilonzor S, Cho'ponota ko'chasi
© 2021-2025 O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi. Barcha huquqlar himoyalangan.